Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash, ulug‘ qadriyat hisoblanib, bu borada mamlakatimizda har yili qabul qilinayotgan dasturlarda yoshi ulug‘, nuroniylarga bo‘lgan hurmat, e’tibor diqqat markazidadir.
Баходур Джалолов
Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Sirdaryo tuman bulinmasi kengashi tomonidan «9-may-Xotira va kadrlash kuni» munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi.
Tadbirda aziz mexmonlar,Avgon urishi katnashchilari,Chernobil’ AES portlashi kutkaruv guruxi katnashchilari taklif etildilar.
Tadbirni Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Sirdaryo tuman bulinmasi kengashi raisi Xaitkulov Murodjon Nasrullaevich ochib berdilar.Ular uz nutklarida katnashchilarga bugungi «Xotira va kadrlash kuni»ning asosiy kaxramonlari ular ekanligini aytdilar va jasoratlari uchun minnatdorchilik bildirdilar.
Kengashi a’zolaridan Sh.D.Yuldasheva va Sh.T.Azimovalar xam suzga chikib,bunday Yangi Uzbekistonda tinchlik,osoishtalikda yashayotganimizda ularning kursatgan kaxramonliklarini urni bekiyosligi aytildi.
Tadbir yakunida Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Sirdaryo tuman bulinmasi kengashi tomonidan katnashchilarga esdalik sovgalari berildi.
Tadbir barchaga kutarinki rux bagishladi.
9 may yurtimizda keng miqyosda “Xotira va qadrlash kuni” katta tantanalar bilan nishonlanib 1941-1945 yillar urush va mehnat frontida tinchlik uchun kurashib halok bo‘lgan jasur va matonatli o‘g‘lonlar hotirasi yod etiladi hamda urush va mehnat frontida jasorat ko‘rsatgan nuroniylarimiz e’zozlanishi xalqimizga xos qadriyatlar ko‘zgusi sanaladi.
Nuroniylarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni holidan xabar olish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash kasaba uyushmalarida an’anaga aylangan. “Xotira va qadrlash kuni”ni munosib kutib olish va nishonlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi hamkorligida joriy yilning 6-8 may kunlari qator urush va mehnat fronti fahriylari, nuroniylar, afg‘on urushi qatnashchilari xolidan xabar olishni rejalashtirgan. Yurtimizning bugungi tinch-osoyishta hayoti uchun jasorat ko‘rsatib fido bo‘lgan vatandoshlarimiz xotirasini yot etish esa eng oliy vazifamizdir. Zero “Inson aziz, xotira-muqaddas”dir.