O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2022 yil 15 iyun kuni “Aholini kasb-hunarga o‘qitish va monomarkazlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari” yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri boshchiligidagi ishchi guruh Sirdaryo viloyatidagi Sirdaryo tuman kasb-hunar maktabida bo‘lib, o‘quv binolari hamda amaliyot xonalari, shuningdek o‘quv jarayonini tashkil etish holati bilan yaqindan tanishdi.