Shunday tadbirlardan biri Sirdaryo tumani kasb-hunar maktabining faollar zalida g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlangan «Buyuklar yashaydi qalblarda mangu» nomli tadbiri bo’lib o’tdi.
Dastlab Sirdaryo tumani kasb-hunar maktabi direktori M.S.Zaripov alloma tavalludining shodiyonalariga tabrik so’zi bilan ochib berdi.
Butun umrini turkiy tilning nufuzini ko’tarish, turkiy davlatchilik asoslarini mustahkamlashga bag’ishlagan hazrat Navoiy bizning hurmatimiz, e’zozimizga hamisha munosib.
Shundan so’ng kasb-hunar maktabi o’quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna ko’rinishlari namoyish etildi.