Buyuk alloma Kaykovusning “Qobusnoma” asarining oltinchi bobida “Ey farzand, ogoh bo’lki, hunarsiz kishi hamisha foydasiz bo’lur va hech kishiga naf yetkurmas. Bilursanki, xori mug’ilon (tikanli buta) ning tani bordir, ammo soyasi yo’qdur. Hunarsiz kishi ham xoru mug’ilon yanglig’ na o’ziga va na o’zgaga foyda berur”. Agar kishi har qancha oliy nasab va asl bo’lsa, ammo hunari bo’lmasa, xaloyiqning izzat va hurmatidin noumid bo’lur. Agar kishida ham nasab gavhari va ham hunar zevari (ziynati) bo’lmasa, undan battarroqdur. Jahd qilg’il, agar gavharning har necha kim asl bo’lsa, unga g’arra bo’lmag’il, nedikim tan gavhari hunar zevari bila muzayyan bo’lmasa (ziynatlanmasa), u hech narsaga arzimagusidir. Andoqkim debdular: “Ulug’lik aql va donishlik biladur, gavhar va nasab bila bo’lmas””.
Sirdaryo tumani kasb-hunar maktabida “Kasbim faxrim mening” va “Ochiq eshiklar” kuni reja asosida amalga oshirilmoqda
Har bir yosh bilim olish bilan birga kasb-hunar sirlarini o‘rganishi, kelajakda o‘z hayot yo‘lini topishda kasbga ega bo‘lishi muhim hisoblanadi. Sirdaryo tumani kasb-hunar maktabida o‘quvchilar 8 ta yo‘nalish bo‘yicha 2 yillik ta’lim olish jarayonlarida kasb-hunarga o‘qitiladi.
Sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi ma’muriyati tomonidan “Kasbim faxrim mening” va “Ochiq eshiklar” kuni tumandagi umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari uchun “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi. Tadbirda ishtirok etgan o‘quvchilarga mavjud yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilayotgan ta’lim jarayonlari, o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarni o‘tish uchun yaratilgan sharoitlar va o‘quvchilarning o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonasida o‘quvchilarning amaliy mashg‘ulotlarda bajarayotgan ishlari bilan bevosita tanishishmoqdalar.
Tadbirda 9-sinf bitiruvchilarining 290 dan ortig‘i ishtirok etib, ko‘pchiligi mazkur kasb-hunar maktabida taxsil olish istagini bildirishdi.

