Joriy yilning 2-3 may kunlari Toshkent shaxrida joylashgan “JAR” sport saroyida “Taekwon-do ITF” sport turi bo’yicha Xalqaro ochiq chempionati bo’lib o’tdi.
Mazkur sport musobaqasida 71 kg vazinda ishtirok etgan Sirdaryo tumani kasb hunar-maktabining I-bosqich o’quvchisi Salimov Javoxir yakunda barcha raqiblarini yengib musobaqa g’olibiga aylandi. Osiyo chempionatiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.