Joriy yilning 6 dekabr kuni, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi kuni munosabati bilan Sirdaryo tumani kasb-hunar maktabida tadbir bo’lib o’tdi.
Bayram tadbirida dastlab, O’zbekiston Respublikalari Davlat madhiyalari yangradi. Tadbirda, Sirdaryo tumani kasb –hunar maktabi direktori M.S.Zaripov so’zga chiqib, Asosiy qonunimiz o’zining tamoyillari va qoidalari bilan mamlakatimiz taqdiri, har bir insonning huquq va erkinliklarini belgilashda muhim hujjat ekanligini ta’kidlab, xodimlarni hamda o’quvchilarni bayram bilan tabrikladi. Tadbir davomida o’quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko’rinshlari, she’rlar va video roliklar namoyish etildi. Tadbirni tayyorlash yaqindan yordam bergan Yoshlar bilan ishlash bo’yicha direktor o’rinbosari A.X.Alikulov hamda, tarix fani o’qituvchisi X.A.Maxkamovalarga o’z minnadorchiligimizni bildiramiz!