Oʻzbekiston gimni
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi haqidagi qaror 1992-yilning 10-dekabrida Oʻzbekiston Respublikasi Yuqori Kengashining 11-chaqirigʻida qabul qilingan. Ushbu madhiya 1992-yildan hozirgi paytgacha Oʻzbekiston Respublikasining madhiyasi hisoblanadi.
Mutal Burhonov musiqasi
Abdulla Oripov so’zi
Serquyosh hur o’lkam, elga baxt, najot,
Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag’ri keng o’zbekning o’chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo’r qanot!
Istiqlol mash’ali tinchlik posboni,
Xaqsevar, ona yurt, mangu bo’l obod!
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Oʻzbekiston davlat madhiyasi | |
Soʻz muallif(lar)i | Abdulla Oripov |
---|---|
Bastakor | Mutal Burhonov |
Qabul qilindi | 1992-yil 10-dekabr |