Yurtimizga bahor kelishi bilan ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari avj oladi. Chunki obodlik bor joyda baraka bo‘ladi. Xonadonimiz, ko‘chamiz, mahallamiz va ta’lim muassasamizni obod etar ekanmiz, hayotimiz ham ko‘rkamlashib boraveradi.
Xalqimizning yurt obodonligi yo‘lida hasharlar o‘tkazishi hamjihatlik va yaratuvchanlik nishonasidir. Ona tabiatni asrab-avaylash, atrof-muhit muhofazasi va tozaligini ta’minlashga hissa qo‘shish “Sirdaryo tuman politexnikumi ” jamoasi uchun an’anaga aylangan.
Sirdaryo tuman politexnikumi hududida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, turli manzarali, mevali daraxtlar va gul ko‘chatlari o‘tqazish ishlari jadal olib borilmoqda.


