


Sirdaryo tuman politexnikumida ochiq darslar tashkil etildi.
Sirdaryo tuman politexnikumida o‘tkazilgan ochiq darslar va master-klasslar davomida mehmonlar texnikumda o’qituvchi hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar va qulayliklar bilan tanishib chiqdilar.
Tadbir ishtirokchilari ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg‘or usullarni amaliy kuzatish, o‘zaro fikr almashish va tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Ochiq darslar va master-klasslar davomida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda o‘quvchilarni amaliy mashg‘ulotlarga jalb etish usullari bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida mehmonlar ochiq darslar bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, samarali ta’lim berish uslublari bo‘yicha tavsiyalarni almashdilar.


