• Dush. Mar 31st, 2025

SIRDARYO TUMAN PALITEXNIKUM

  • Home
  • SIRDARYO TUMAN PALITEXNIKUM

O’RQ-957 son

Sirdaryo viloyati Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar boshqarmasining 2025 yil 21-fevraldagi 01-02-4/132-sonli xati ijrosi yuzasidan: Maʼmuriy islohotlar doirasida taʼlim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun va hujjatlariga oʻzgartish, qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi OʼRQ-957 son qonuning mazmuni boʻyicha Sirdaryo tuman politexnikumi pedagog xodimlari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga tushunchalar berildi.

Hisobot – saylovi

Sirdaryo tumani Politexnikumida kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov yig’ilishi bo‘lib o’tdi. Unda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Sirdaryo tuman kengashi raisi Xaitkulov Murodjon ishtirok etdi.

Yig’ilishda kasaba uyushma qo’mitasining faoliyati qoniqarli deb topilib, ochiq ovoz berish yo’li bilan tashkilot kasaba uyushma qo’mitasi raisi saylab olindi.

Yig’ilish ishtirokchilariga so’nggi yillarda muhtaram Prezidentimiz rahnomaligida mamlakatimizda barcha sohalarda olib borayotgan tub islohatlar, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda bu yil O’zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi keng nishonlanishi haqida ma’lumotlar berildi.