8 aprel kuni Sirdaryo tuman kasb hunar maktabimizda A.Temur tavallud kuniga baĝishlangan tadbir bayramona tarzda o’tkazildi. Tadbirda sarkarda Amir Temurga bag`ishlab chiqarilgan rangli plakatlar ham o’rin oldi . Tadbirga o`quvchi, o’qituvchilar, ota-onalar taklif qilinadi.Zalning chap tamoniga televizor o`rnatildi. Unda Amir Temur haqidagi videolavhalar, kinofil’mlardan olingan jang tasvirlari hamda Sohibqiron qurdirgan me’moriy obidalar, u yaratgan kitoblar, tuzuklardan namunalar o`qish orqali ekranda birin -ketin namoyon bo`la boshlaydi. Ovoz-(«Biz, kim-mulki Turon, Amiri Turkistonmiz. Biz, kim -millatlarning eng qadimi va eng ulug`i-Turkning bosh bo`g`inimiz.», «Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qatt’iy, tadbirkor va hushyor bir kishi, ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir.», «Bir kunlik adolat-yuz kunlik toat ibodatdan afzaldir», «Qudratimizga shubhang bo`lsa, biz qurdirgan imoratlarga boq» Lavhalar to`xtagandan so`ng ekranda Rustam G`oipovning Sohibqiron to`g`risidagi qo`shig`i yangraydi. Shuningdek, zalda Amir Temur yaratgan asarlar hamda u haqdagi ilmiy, tarixiy va badiiy asarlar ko`rgazmasi, gazeta va jurnallarda chop etilgan maqolalar ham tashkil etildi. Qo`shiq yakunlangandan so`ng milliy kiyimda boshlovchi bo`ladi va guruxlardan tashkil etilgan A Temuriylar va Bibixonim avlodlari jamoalari òrtasida A.Temur tavallud kuniga baĝishlangan bilimlar bellashuvi bòlib òtdi.
Sirdaryo tuman kasb – hunar maktabining ilg’or va tajribali o’qituvchilarimiz tamonidan 2023 yil 21 fevral kuni jamiyatimizda yoshlar orasida jinoyatchilik , madanyatimizga tahdit , ustozlarga bexurmatsizlik va yosh avlodni tug’ri yolda tarbiyalash bo’yicha «Ustoz-shogirt o`rtasidagi mexir rishtasi» mavzusida kasb hunar maktabimiz o’g’il bollar ortasida davra suxbati o’tkazildi. Davra suxbatida ustozimiz fizika o’qituvchisi Ergasheva Gulchexra opa tamonidan «Ustoz-shogirt o`rtasidagi mexir rishtasi» ma’ruzasi va video ro’lik namoish etildi.
Sirdaryo tuman kasb hunar maktabining ona tili va adabiyot ustozlari va talabalari tamonidan 2023 yil 14 fevral kuni Zaxriddin Muhammad Bobur tugilgan kunini keng nishonlashdi.Bu tadbirda Bobur ijodi talabalar tamonidan saxna ko`rinishida aks etirildi.Sirdaryo tuman Madaniyat bo’limi tamonidan tashrif buyurgan sanatkorlar tadbirga yanada fayz kritishdi va Boburning shiriy g’azal lari qo’shiq sifatida ijro etishdi.
Sirdaryo tuman kasb hunar maktabida 8 DEKABR – O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI QABUL QILINGAN KUN munosabati bilan kasb-hunar maktabimizning faolar zalida «Siz qonunni bilasizmi» shirosi ostida tadbir bo’lib o’tdi.Bu tadbirda Sirdaryo viloyati fuqarolik ishlari bo’yicha tuman bo’limidan mutaxasis mexmon sifatida tashrif buyurib konstitusiyamizni qabul qilingan yili va uni mazmun moxiyati to`g’risida tushuncha berib talabalarimizni qiziqtirgan savollariga javob berdi.Talabalarimiz o’zlari tayyorlab kelgan saxna ko’rinishlarini ustoz va mexmonlarga namoish etishdi.
Sirdaryo tuman kasb hunar maktabimizda rus tili oyligi yakuni bo`yicha talabalarimiz rus tili fanidan olgan bilimlarini o’z chiqishlari orqali ustozlariga rus madaniyati va tarixini namoish etishdi . Tadbir yakunida Rus tili fan oyligida faol qatnashgan talabalarimiz ustozlar tamonidan taqdirlanishdi.
Voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo’yicha Sirdaryo tuman IIB noziri talabalarimizga «Yo’l qoydasi umur foydasi» va jinoyatchilikni oldini olish mavzusida tushuntrish ishlari olib bormoqda. Bu tadbirda talabalarimiz o`zini qiziqtirgan savoillariga javoblar olishdi.
1-oktyab -Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan sirdaryo tuman kasb-hunar maktabining 1 va 2 kurs talabalari birgalikda «Ustozlarni ulig’lab» bayrab tadbiri tashkil etishdi bu tadbirda o’quvchilarimiz o’zini tayyorlab kelgan sher va saxna ko’rinishlarini o’qituvchilarga taqdim etishdi.
2022yil 29 sentyabr kuni soat 9 da mutaxassislarni xorijda tayyorlash boyicha "El-yurt umidi" jamg'armasi tamonidan onlayin amaliy semenar otkazildi. Bu semenarda kasb-hunar kollejimiz talabalari va o`qituvchilari faol ishtirok etishdi va o’zini qiziqtirgan savollariga javob olishdi
Mamlakatning mannaviy darajasini koʻrsatadigan muhim koʻrsatkichlardan biri oʻsha xalqning kitobxonligi, bugun qanday kitoblarni mutolaa qilayotganligi bilan belgilanadi. Shuning uchun hozirgi kunda o’quvchilar orasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, yoshlarni ommaviy kitobxonlikka jalb etish borasida Sirdaryo tumani kasb -hunar maktabi o’quvchilari o’rtasida » Eng yaxshi kitobxon» o’quvchi tanlovi bo’lib o’tdi. O’quvchi qizlar o’zlari o’qigan kitoblardan dialoglar sherlar, hikoyalar, g’azalardan parchalar keltirdilar.