
Tadbir
Joriy yilning 5 fevral kuni Sirdaryo tuman politexnikumida »Ma’rifat nurini taratganlar mavzusida» Ma’naviy -ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
Tarix fani o’qituvchisi X.Maxkamova tomonidan tashkillashtirilgan ushbu tadbirda o’quvchilar tomonidan Turkiston jadidchilik harakati, uning namoyondalari hayoti, faoliyati va ayanchli taqdirlari haqida malumotlar berildi. Ular tomonidan ilgari surilgan g’oyalar ularning asarlari she’rlaridan parchalar aytib o’tildi.




Tadbir
2025- yil 11- fevral sanasida Sirdaryo tuman politexnikumida g’azal mulkining sultoni A. Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan «Navoiyni yod etib» nomli tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda o’quvchilar tomonidan A. Navoiy qalamiga mansub g’azal-u, ruboiylar o’qildi. Ulug’ mutafakkir hayoti va ijodiga oid sahna ko’rinishi namoyish etildi. Ushbu tadbir adabiyot ixlosmandlarida yorqin ta’ssurot qoldirdi.




Tadbir
Joriy yiling 20-fevral sanasida Sirdaryo tuman politexnikumida “Bir qo’shiq tarixi” nomli tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbir davomida o’quvchilar “Alla qo’shig’i tarixi” haqida qiziqarli ma’lumotlar berishdi, hamda o’quvchilar tomonida “Alla qo’shig’i” ijro etildi. Tadbirda o’quvchilar tomonidan “Ona suti” deb nomlangan sahna ko’rinishi ham ijro etildi. Tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad o’quvchilarni milliy qadryatlarimizga, urf –odatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashdan iborat. Tadbirni tayyorlashda Umumta’lim fan kafedrasi o’qituvchisi Ergasheva Gulchexra Mamarejabovna o’quvchilarga yaqindan yordam bergani uchun o’z minnadorchiligimizni bildiramiz!.



Tadbir
📜Joriy yilning 28-fevral sanasida Sirdayo tuman politexnikumida Shoira Zulfiya tavalludi 110 yilligi munosabati bilan o’quvchi qizlar o’rtasida
“Zulfiyaxonim izdoshlari” deb nomlangan ko’rik tanlov bo’lib o’tdi.
Ushbu ko’rik tanlovda 3 nafar o’quvchi qizlar 5 ta shart asosida bellashdilar. Tadbirda shoira Zulfiya Isroilova hayoti va ijodi haqida ma’lumot berilib, muhabbat va hijron haqidagi she’rlari madh etildi. Ko’rik tanlov shartlari hakamlar ha’yati a’zolari tomonidan baholab borildi. Tadbir so’ngida eng bilimdon, zukko o’quvchilarga esdalik sovg’alari topshirildi. Ma’naviy – ma’rifiy tadbir o’quvchilarda yorqin taassurot qoldirdi.






Bayram tabrigi
Joriy yilning 7-mart sanasida »Xalqaro xotin-qizlar bayrami kuni» munosabati bilan Sirdaryo tuman politexnikumida o’z faoliyatlarini olib borayotgan pedagog va ishchi ayol xodimlarni taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.
Shu bilan bir qatorda politexnikumda tahsil olayotgan oʻquvchi qizlarimiz ta’limda, sportda, yuksak natijalarga erishgan qizlarimizdan bir guruhi ham bayram kuni munosabati bilan taqdirlandi.
💐Aziz moʻtabar ayol ustozlarimiz, o’quvchi qizlarimiz sizlarni chin yurakdan tabriklaymiz! Sizning mehringiz, sabringiz va mehnatingiz uchun cheksiz minnatdorchilik bildiramiz. Har doim sogʻ-salomat, baxtiyor va muvaffaqiyatlarga toʻla boʻling! Bayramingiz muborak!


