SIRDARYO 60 YIL ICHIDA SHONLI TARIXDAN NURLI KELAJAKKA

       Mirzacho‘l so‘zini inson hayajonlanmasdan aytishning iloji yo‘q, sababi bu cho‘lda tarix zarvaraqlari bitilgan desak bejiz aytmaymiz. Qanchadan qancha sayyohlarni o‘z bag‘riga olgan bu cho‘l tarixiy dostonlar va eski naqillarga guvox bo‘lgan. Bir qultum suv ham insonlarning hayotlari bilan baravar bo‘lgan o‘sha benazir cho‘l hisoblangan. Mirzacho‘l aholisi joylardan ko‘chib kelib shu yerlarni bog‘u-bo‘stonga aylantirishda o‘z mehnatlarini sarf qilganligi sababli, bugun Sirdaryo o‘zgacha chiroy ochmoqda. Sirdaryo xalqi ko‘pmillatli bo‘lgani sababli urf-odat, ananalari ham turlicha, shu sababli bu maskanni biz madaniyat o‘chog‘i desak ham adashmagan bo‘lamiz.

      Qadimdan Mirzacho‘l deb ulkan tog‘lar orasida joylashgan tekislikni aytishgan bo‘lib, bu tekislik Sirdaryo daryosining chap qirg‘og‘ida, uning o‘rta oqimida, janubda Turkiston tog‘ tizmasi va g‘arbda Biliqliqtov tog‘ tizmasi hamda Qizilqum sahrosi oralig‘ida joylashgan. Mirzacho‘l Toshkentdan 70 km masofadan boshlanadi. Bu hudud rejada uchburchak shaklida ko‘rinib, uning cho‘qqisi Chordara hududida, asosan esa Turkiston tog‘ tizmasiga tutashdir.

      Sirdaryoning umumiy maydoni 5,3 ming kvadrat km. Aholi soni bugungi kunda 868,3 ming kishi tarkibida 8 ta tuman 3 ta shahar, 21 ta shaharchadan iborat.

XIX asr oxiri –XX asr boshlarida Mirzacho‘lda yangi qishloqlarning paydo bo‘lishi bevosita hududning o‘zlashtirilishi bilan bog‘liqdir.

         Sirdaryo viloyati tashkil topguniga qadar Mirzacho‘lliklar O‘rinboyariq Tuyatortarariq, Buxoroariq, Kinyazariq va boshqa ariqlardan foydalanib kelishgan.

         Mirzacho‘lning sug‘orilishi o‘ziga xos bo‘lib, asosiy suv zaxirasini Sirdaryodan olgan holda Do‘stlik kanali, janubiy Mirzacho‘l kanallari qazildi va foydalanila boshlandi. Zaxirada keyinchalik Sardoba suv ombori tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda qishloq xo‘jaligini sug‘orilishida foydalanilmoqda. 

         1956-yil 14-noyabrida Toshkent komsomollarining ikkinchi gruppasi Mirzacho‘lga jo‘nab ketdi. Bular orasida rus, o‘zbek, ukrain, tatar, arman va boshqa millatlarning turli kasbdagi yigit-qizlari bor edi. 1963-yil 16-fevralda Sirdaryo viloyati tarkibiga Qozog‘istonning Kirov, Paxtaaral tumanlari, Toshkent viloyatidan Guliston, Sirdaryo, Yangiyer tumanlari, Samarqand viloyatidan Jizzax tumanlari berildi Sirdaryo viloyati tashkil qilingach uning markazi etib Yangiyer shahri belgilandi. Keyinchalik Sirdaryo viloyati markazi Guliston shahriga ko‘chirildi.

Sirdaryoning o‘tmish tarixiga nazar tashlasak, dastlabki temir yo‘lning qurilishi quyidagicha bo‘lgan edi. 1895 yili Toshkent-Krasnovodsk temir yo‘li qurila boshlandi va bu yerda temir yo‘l stantsiyasi vujudga keldi. U dastlab “Аchchiq quduq”, so‘ngra “Griboedovka” deb ataldi. Temir yo‘l xo‘jaligi asta-sekin kengayib, stantsiya yonida kichik posyolka paydo bo‘ldi.Garchi posyolka “Duxovoskaya” nomi bilan yuritilgan bo‘lsa ham, uni “Mirzacho‘l” deb atashardi. Shunday qilib, 1905-yilda stantsiyaga ham rasmiy ravishda “Mirzacho‘l” nomi berildi. Mirzacho‘l 1917-yilgacha Samarqand oblast Xo‘jand uezdiga qarar edi. 1896-yilda temir yo‘l Xovosgacha yetib kelgan. Temir yo‘l stantsiyasi Ursatskiy nomi bilan yuritilgan. Аynan o‘sha stantsiya O‘rta Osiyo temir yo‘llarining kesishgan joyi bo‘lib xisoblangan.

Oktabr revolyutsiyasidan so‘ng u Turkiston Аvtonom Respublikasining Sirdaryo oblastidagi Golodnostepskaya uyezdiga o‘tdi. 1926-yili esa, Mirzacho‘l rayoniga aylantirilib, Toshkent oblasti hududiga kiritildi. 1952-yil Mirzacho‘l shahar deb eʼlon qilindi va unga Guliston nomi berildi. 1952-yil shahar aholisi 8 ming nafar bo‘lsa, 1963-yil mart oyidan Sirdaryo oblastь markazi bo‘lib qoldi. 1963-yil aholi soni 10 ming nafar bo‘lsa, 1974-yil 40 ming nafardan oshdi. O‘zbekiston Oliy Sovetining 1963-yil 16-apreldagi №185-sonli buyrug‘iga binoan posyolka Velikoaleksevskiy (Baxt) deb, yana bir posyolka “Ursatevsk” (Xovost) deb nomlandi. Baxt shahri aholisi 1959-yil 6,7 ming, 1970-yil 16,3 mingni tashkil qilgan. 1971-yil 1-yanvarь holatiga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida 8 ta tuman, 3 ta shahar bo‘lgan. Undan Guliston tumanidagi Krestyansk shaharchasida 5,6 ming aholi bo‘lgan bo‘lsa, 1973-yilga kelib 5,8 mingga yetdi . 1972-yilning migratsiya maʼlumotlariga ko‘ra, unda qishloq hududlariga kelib ketganlar mavjud. Аndijon viloyatidan 258 nafar kelgan bo‘lsa, Farg‘ona viloyatidan 280 nafar, Namangan viloyatidan 65 nafar, Toshkent viloyatidan 810 nafar, Samarqand viloyatidan 885 nafar, Buxoro viloyatidan 82 nafar, Qashqadaryo viloyatidan 81 nafar, Surxondaryo viloyatidan 18 nafar aholi ko‘chib kelgan.

        Ikkinchi jaxon urushida 15252 nafar hamyurtimiz ishtirok etgan. Ulardan 1950 nafari ko‘rsatgan mardlik va jasoratlari uchun vatanimizning yuksak mukofotlariga sazovor bo‘lishgan. Turg‘un Аhmedov, Jo‘raxon Usmonov, Yelena Stempkovskaya, Mixail Tumakshin, Аndrey Shukin kabi o‘limdan ham qo‘rqmagan mard va jasur o‘n ikki nafar hamyurtimiz esa “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan. Urush qiyinchiliklari va asoratlarini yengib qaytgan, 6428 nafar hamyurtimiz tinchlik davrida mamlakatni tiklash, uning salohiyatini yuksaltirish ishlarini bajarishdi.

        Raimberdi Jumayev, Xudoyor Latipov, Tursunboy Latipov, Eshpo‘lat Soatov, Mirzali Mingboev, Raimberdi Madraximov, Do‘stbek Sulaymonbekov, Isomiddin Erbo‘taev, Tojiqul Boltaboev, uchuvchi Xolmat Niyozov singari hamyurtlarimiz ko‘rsatgan jasoratlari o‘sha davrlardayoq tillarda doston bo‘ldi.

        Viloyat sanoat sohasining asosiy turlarini mamlakat elektr energiyasining toʼrtdan bir qismini ishlab chiqaradigan Sirdaryo GRESi va Farod GESi faoliyat koʼrsatmoqda. Undan tashqari paxta tozalash zavodlari, “Guliston ekstrakt yogʻ” hissadorlik jamiyati, “Xovosdon” va “Oqoltindon” kombinatlari, “Sarbonteks” qoʼshma korxonasi, “Bobur” parrandachilik qoʼshma korxonasi, “PENG SHENG” qo’shma korxonasi  va boshqa korxonalar nafaqat viloyatimiz, balki Respublikamiz ichki va tashqi bozorini xalq istemoli mollari bilan toʻldirishga oʻz hissalarini qoʻshib kelmoqda.

       Muqaddas makonda mahobatli “Аlpomish” sport majmuasi, qator-qator maʼmuriy xoʻjalik va maishiy xizmat binolari, yuzlab dehqon fermer jamoalari, madaniyat va maʼrifat oʻchoqlari, sogʻliqni saqlash maskanlari, istirohat bogʻlari va maydonlari, jahon andozalari talablariga javob beradigan ravon va keng yoʻllar, oʻn bitta bank muassasalari qad rostladi. Аgar bugungi Sirdaryo vohasini kamalakka qiyoslasak, goʻzal va koʻrkam shaharlari, tumanlari, markazlari va qishloqlari ana shu kamalakning olmos joylariga oʻxshaydi. Bularning barchasi siz-u bizga tanish va koʻz oʻngimizda roʼy berayotgan tarixiy oʼzgarishlardir.

Viloyatda Musiqali drama teatri, “Oʻzbeknavo” birlashmasi, “Sirdaryo navolari” dastasi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Mirzachoʻlni oʻzlashtirish tarixi” muzeyi, Badiiy Ijodkorlar uyushmasi viloyat boʻlimi, 105 ta klub muassasalari, 15 ta Bolalar musiqa va sanʼat maktablari, madaniyat va istirohat bogʻlari xalqimizga xizmat koʻrsatmoqda. Sirdaryo viloyatida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan roʻyxatga olingan 31 ta gazeta, 2 ta jurnal, 2 ta televidenie faoliyat koʻrsatmoqda.

         Bugungi kunda viloyatda 5 ta muzey, 200 ga yaqin kutubxona va АRM 1500 ga yaqin sport maydoni, 16 ta videosalonlar, 18 ta kompyuter markazlari, 50 ta madaniyat saroylari faoliyat koʻrsatmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan