“Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oʻrtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarorida Koreya Eksim bankining “EDCF” fondi mablagʻlari hisobiga “Professional taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish belgilangan.Mazkur loyihaning texnik-iqtisodiy shartnomasini ishlab chiqish boʻyicha Koreya tomonidan oʻtkazilgan tenderda gʻolib boʻlgan “Tech University of Korea” konsorsiumi vakillaridan iborat missiya vakillari viloyatimizdagi kasb-hunar maktablari faoliyati bilan tanishish maqsadida Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurishdi.Mehmonlar Boyovut tuman 2-son kasb-hunar maktabi va Sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi faoliyati bilan tanishishdi. Shuningdek, oʻzaro hamkorlik doirasida kelgusida oʻqituvchilarning malaka oshirishi va oʻquvchilarning ushbu soha boʻyicha yetarli bilim olishlari borasida amalga oshiriladigan ishlar rejalashtirildi. Post menyusi ZULFIYAXONIM BAHOR VA MUHABBAT KUYCHISI SOG‘LOM TANDA,SIFATLI TA‘LIM