Shu maqsadda, Sirdaryo tuman kasb hunar maktabida Millatlar festivali bo‘lib o‘tdi. Sirdaryo tuman kasb hunar maktabida o‘nlab turli millat vakillarini farzandlari taxsil olib kelmoqda, tadbir davomida ularning madaniy jozibasi jajji qizlarning chiqishlari orqali namoyish etib berildi. Tadbirda ishtirok etgan 300 ga yaqin ustoz va talabalar tomoshaning har bir chiqishni o‘zgacha hayajon bilan tomosha qilishdi.

Festivalda ijro etilgan turli millat musiqalariga barcha qatnashuvchilar birdek jo‘rovoz bo‘lishdi. Musiqalarga mos raqslar esa barchaga o‘zgacha kayfiyat ulashdi. Festival millatlarni bir-biriga yaqinlashtirish bilan bir qatorda ular o‘rtasidagi iliq do‘stlik munosabatini yana bir bora mustahkamladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan