Mamlakatimiz yoshlarining tadbirkorlik sohasiga bo‘lgan qiziqish va e’tiborini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. 2023 yil 19 dekabr kuni «TADBIRKOR-YOSHLAR» uchrashuvi tashkil etildi. Bu uchrashuvda Sirdaryo tuman kasb -hunar maktabida tashkil etilayotgan tadbirkorlik bo’yicha o‘quvchi – yoshlarning qiziqtirgan ko‘plab savollari o‘z yechimini topmoqda. Ana shunday uchrashuvlardan biri Sirdaryo tumanidagi “EXSPORT GREEN” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, tadbirkor Alimov Mansur va YaTT « Mavlonova Dilnoza Tursunbayevna » bilan bo‘lib o‘tdi. Tadbirkorlar o‘z faoliyati boshidagi ilk qadamlar, erishayotgan yutuqlari haqida yoshlarga hikoya qilib berdi. Shu bilan birga tadbirkorlar o‘quvchilarga amaliy trening o‘tkazib berishdi.
Sirdaryo tuman kasb-hunar maktabida o‘quvchilarni tadbirkorlik ilmini chuqur egallashi uchun Biznes auditoriyalar tashkil etilib , xar xaftada tumandagi ilg‘or tadbirokrlar bilan qizg‘in uchrushuvlar o‘tkazilmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan