Sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi 2023-yilda byudjetdan tashqari mablag‘lari hamda «Tashabbusli byudjet» loyihasi doirasida yutib olingan mablag’lar hisobiga tikuv mashinalari, tokarlik dastgohi, payvandlash jihozlari hamda akfa romlari tayyorlash jihozlari harid qilindi.Mazkur jihozlardan samarali foydalanish, o’quvchi-yoshlar uchun yangi ish o‘rinlari tashkil etish maqsadida taʼlim muassasada 3 ta ishlab chiqarish xonasi tashkil etildi. Bugungi kunda 15 nafar o‘quvchi-yoshlar manashunday imkoniyatlardan foydalanib ishlab daromad topishmoqda hamda o‘z biznesini yo’lga qo’yishda kerakli kasb va ko‘nikmalarni egallab borishmoqda.2024-yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab quvvatlash“ yili munosabati bilan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari bo‘yicha qo‘shimcha yangi sexlarni tashkil etish hamda ta’lim muassasada ish o‘rinlari ko‘paytirish kasb-hunar maktabining eng ustuvor vazifasi qilib belgilandi. Post menyusi «Professional, Oliy ta’lim muassasalari hamda tadbirkorlik tashkilotlarining ijtimoiy sheriklik konsepsiyasi to’g’risida» “Yoshlar turizmi haftaligi”