O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 noyabrdagi “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlash sifat jihatidan yangi tizimni joriy etish to’grisida”gi PF-257-sonli Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 6 apreldagi 143-son qarori bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga o’qishga qabul qilish va o’qitishni tashkil etish tartibi to’g’risida”gi nizom asosida 2024/2025 o’quv yili uchun O’zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining bakalavriatiga qabul joriy yilning 1 fevralidan boshlangan.
Mazkur PF-257-sonli Farmon va VM-143-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Sirdaryo tuman Prokuraturasining katta yordamchisi Ilyasov Zufar Jo’raqulovich Sirdaryo tumani kasb-hunar maktabi bitiruvchilari bilan suhbat o’tkazdi. Bitiruvchilar o’zlarini qiziqtirgan savolarga javob oldi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan