OILA MUQADDAS DARGOHDIR…Oila har bir jamiyatning boshlang‘ich bo‘g‘ini hisoblanadi. Oila mustahkam, tinch, halol va pok bo‘lsa, jamiyat ham osoyishta, mustahkam, farovon bo‘ladi. Aksincha, oilalarda parokandalik, buzg‘unchilik bo‘lsa, o‘sha jamiyat buziladi, tinchi yo‘qoladi, u oqibatda chuqur tanazzulga yuz tutadi. Baxtli oilalar tufayli baxtli jamiyat vujudga keladi. Chunki, o‘zaro mehrli bo‘lgan ota-onalarning farzandlari ham bir-birlariga mehribon bo‘ladilar. Bu xususda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan quyidagi hadis vorid bo‘lgan: Al-Mug‘ira bin Shu’ba roziyallohu anhu aytadilar: Men bir ayolga sovchi qo‘ydim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: “Uni ko‘rdingmi?” – dedilar. Men: Yo‘q, dedim. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Uni ko‘rgin, ko‘rib (bilib) turmush qurishlik o‘rtangizda ulfat va muhabbat paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi”, dedilar (Imom Termiziy rivoyati).Oilada yuksak ma’naviy muhitni tashkil etish juda muhim. Bunda oila a’zolarining, ayniqsa, er va xotinning o‘zaro murosa-madoraga borishi, g‘azabi kelganda uni yengishi va shirin so‘zli bo‘lishi, shu bilan birga, oilaviy sirlarni ko‘chaga olib chiqmasligi singari bir qator omillar juda katta ahamiyat kasb etadi. Post menyusi 9-May – Xotira va qadrlash kuni «Pearson» dasturini joriy etish