Tadbirdan so’ng anʼanaviy tarzda tashkil etilgan “Mustaqillik darsi”da talaba-yoshlarga istiqlolga erishish hamda uni mustahkamlash yoʻlidagi mashaqqatlar, mamlakatimizning ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyoti, xalqaro hamjamiyatdagi obroʻ- eʼtibori haqida soʻzlab berildi. Shuningdek, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, Professional ta’lim tizimidagi islohotlar xususida toʻxtalindi.