O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi «Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-158-son farmoniga muvofiq Sirdaryo viloyatidagi Sirdaryo tuman politexnikumida xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish belgilangan.
Prezidentimizning 2024-yil 16-oktabrdagi » Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida » farmon imzolandi . Farmonga ko‘ra, dasturlar sifati va jozibadorligini oshirish maqsadida 14 ta texnikumda tajriba tariqasida 12 ta kvalifikatsiya bo‘yicha “Pirson” kompaniyasining BITEK dasturi joriy qilinadi. Ma’lum qilinishicha, “Pirson” yetakchi xalqaro ta’lim tashkiloti bo‘lib, dunyo bo‘ylab 784 ta markazga ega va uning 90 foiz bitiruvchisi ish bilan ta’minlanadi. Bunda har bitta texnikumda BITEK dasturi bo‘yicha alohida bo‘lim tashkil etiladi. Bo‘lim xodimlari “Pirson” kompaniyasi bilan hamkorlikda dastur joriy qilinishini to‘liq muvofiqlashtirib boradi. BITEK dasturi joriy qilingan muassasalarga to‘liq akademik mustaqillik beriladi.
Bitiruvchilarga 70 ta davlatda tan olinadigan diplom berilishi, 200dan ortiq Xorijiy universitetlarga kirish imkonining yaratilishi o‘quvchilarning texnikumlarga bo‘lgan qarashlarini o‘zgartiradi, sifatli ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishlarni uyg‘otadi. Bir so‘z bilan aytganda texnikumlarning nufuzi oshadi.
Natijada bitiruvchilarga 70 ta davlatda tan olinadigan diplom beriladi va 200 dan ortiq xorijiy universitetlarga kirish imkoni yaratiladi hamda rivojlangan davlatlardagi malakali va yuqori daromadli ish o‘rinlariga yuborilgan muhojirlar ko‘lami oshadi.
Shu munosabat bilan Sirdaryo tuman politexnikumi 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab 4 ta kasb bo‘yicha Metallga ishlov berish, Payvandlash texnologiyasi va jihozlari, Kompyuter grafikasi va dizayn operatori, Dasturiy injineringi bo‘yicha qabul qilish rejalashtirilgan.