• Chor. Iyun 11th, 2025

2025-yil 10-aprel kuni I-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida «Fizik ring» nomli musobaqa bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada o‘quvchilar 5 ta shart bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishdi.

ByDoniyor Murodovich

Apr 10, 2025

Musobaqa quyidagi shartlar asosida tashkil etildi:

1. “Bu kim?” – mashhur fizik olimlarni aniqlashga oid savollar;
2. “Fizik qonunlarni bilasizmi?” – fizikadagi asosiy qonun va tushunchalarni bilish darajasini aniqlash;
3. “Fizik kattaliklar va asboblar” – fizik kattaliklar, ularning birliklari va o‘lchov asboblariga oid savollar;
4. “Uy vazifasi” – oldindan tayyorlab kelinadigan savollar orqali o‘quvchilarning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini aniqlash;
5. “Fizik tajriba” – amaliy tajribalar asosida fizik hodisalarni tushuntirish va xulosalar chiqarish.

Musobaqa davomida o‘quvchilar faol ishtirok etishdi, bilim va ijodkorliklarini namoyon etishdi. Tadbir yuqori saviyada tashkil etilib, barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan