• Chor. Iyun 11th, 2025

Sirdaryo tuman politexnikumida 2025-yilning aprel-iyun oylari davomida yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, o’quvchilarni bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida:

Joriy yilning 9-aprel sanasida Sirdaryo tuman politexnikumida “Amir Temur” tavalludiga bag’ishlandan “Siz Temur Tuzuklarini bilasizmi?” mavzusida “Zakovat” intelektual o’yini tashkil etildi. Har bir jamoa Amir Temur hayoti, faoliyati va siyosiy merosi bo‘yicha berilgan savollarga javob berishga harakat qildi. Savollar tarixiy manbalar, «Temur tuzuklari», Temuriylar davriga oid voqealar va Amir Temurning mashhur g‘alabalari asosida tuzilgan edi.

O‘yin davomida ishtirokchilar nafaqat bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi, balki jamoaviy fikrlash, tezkor javob qaytarish va mantiqiy tahlil qilish ko‘nikmalarini ham namoyon etishdi.

Zakovat o‘yini yakunida eng ko‘p ball to‘plagan jamoa g‘olib deb topildi. Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga Amir Temur hayoti va merosi haqida qisqacha videorolik namoyish etildi.

Bu kabi tadbirlar yoshlarda tarixiy ong va vatanparvarlik tuyg‘usini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan