• Chor. May 21st, 2025

O‘zbekistonda kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish, uni xalqaro miqyosida tan olish va mehnat bozori talablariga mos malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida, 2024 yil 16 oktabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-158-sonli Farmonining 11-ilovasining 13-bandida texnikum o‘quvchilari uchun kasbiy yo‘nalishlar bo‘yicha milliy chempionatlar tashkil etish, shuningdek, “WorldSkills” va boshqa xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik jarayonida qo‘llab-quvvatlash belgilangan.

ByDoniyor Murodovich

May 13, 2025

Shu munosabat bilan 12 maydan 16 maygacha Koreyalik xalqaro WorldSkills mutaxassisi O‘zbekistonga tashrif buyurib, milliy chempionatning 11 ta kasb yo‘nalishi bo‘yicha qisqa muddatli malaka oshirish kurslari tashkil etilgan. Sirdaryo tuman politexnikumidan “Tikuvchilik (Fashion Technology)” kasbi bo‘yicha maxsus fan o‘qituvchisi Otaxonova Farzona qisqa muddatli o‘quv kursida o‘qimoqda. O‘quv kursida ushbu kasb bo‘yicha xalqaro standartlar asosida o‘z bilimini yanada oshirmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan