• Jum. May 23rd, 2025

Sirdaryo tuman politexnikumida davra suhbati o‘tkazildi

ByDoniyor Murodovich

May 23, 2025

🌱2025-yil 22-may kuni Sirdaryo tuman politexnikumida Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda iqlim o‘zgarishi boshqarmasining Sirdaryo tuman bosh mutaxassisi B. Nazarov ishtirokida “Butunjahon bioxilma-xillik kuni” munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida B. Nazarov tomonidan bioxilma-xillikning ahamiyati, uni saqlab qolishning ekologik va iqtisodiy jihatlari hamda global iqlim o‘zgarishi sharoitida atrof-muhitni muhofaza qilishning dolzarb masalalari yuzasidan ma’ruzalar qilindi. Shuningdek, talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishga undovchi fikr-mulohazalar bildirildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan