• Pay. Iyul 17th, 2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida

ByDoniyor Murodovich

Iyul 14, 2025

2025-yil 1-iyundan 30-avgustgacha maktab o‘quvchilari va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lomlashtirish hamda har tomonlama rivojlantirish maqsadida respublika bo‘ylab keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Mazkur tashabbus doirasida Sirdaryo tuman politexnikumida “Tikuvchilik” yo‘nalishida kasbiy to‘garak tashkil etildi. To‘garakda 9 nafar o‘quvchi muntazam ishtirok etmoqda. Mashg‘ulotlar o‘quvchilarga amaliy ko‘nikmalarni egallash, kasbga bo‘lgan qiziqishni oshirish va mehnatga bo‘lgan munosabatni shakllantirishga xizmat qilmoqda.
To‘garak mashg‘ulotlari tajribali ustozlar rahbarligida zamonaviy tikuv uskunalaridan foydalangan holda tashkil etilmoqda. Bu esa o‘quvchilarga kasbni o‘rganish bilan birga, ijodiy fikrlash, did bilan ishlash va o‘z hunarini namoyon etish imkoniyatini bermoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan