Zulfiya (1915—1996) O’ʻzbek shoirasi. Taniqli oʻzbek shoirasi Zulfiya 1915-yilning 1-martida Toshkent shahrida Isroil temirchi oilasida tug’ildi. 1922-yildan 1931-yilgacha maktabda, so’ng 1931 – 1934-yillar orasida qizlar bilim yurtida tahsil oldi. Mehnat faoliyatini juda erta boshlagan shoira deyarli bir umr jurnalistika va nashriyot sohasida ishladi. U 1935 – 1938- yillarda Til va adabiyot instituti aspiranti, 1938-1948-yillar mobaynida Bolalar nashriyoti muharriri, Oʻzbekiston davlat nashriyoti bo’lim mudiri, 1953- yilgacha «Saodat» jurnalida bo’lim mudiri, 1953- yildan to 1980-yilga qadar, salkam o’ttiz yil davomida, shu jurnalning Bosh muharriri lavozimida ishlab keldi. Mashhur oʻzbek shoiri Hamid Olimjonning turmush o’rtog’i, o’ziga xos she’riyati biian minglab kitobxonlar qalbini rom etgan iste’dodli shoira Zulfiya 1996-yilning 1-avgustida vafot etdi.
Manba https://tafakkur.net/zulfiya.haqida
Sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi o’quvchilari ijodida Zulfiya hayotiga bag’ishlangan sahnalar va she’riy to’plamlar tadbiri o’tkazilidi