Sirdaryo tumani kasb-hunar maktabida ochiq darslar tashkil etildi.Joriy yilning 5-dekabr kuni Sirdaryo tumani kasb-hunar maktabida o’quv mashg’ulotlarida darslarni tahlil qilish va malaka almashish maqsadida ochiq darslar tashkil etildi. Darslarni Sayxunobod tumani 1-son kasb-hunar maktabi, Sayxunobod tumani 2-son kasb-hunar maktabi, Sirdaryo pedagogika kolleji, Sirdaryo Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi, Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumidan tashrif buyurgan pedagoglar jamoasi kuzatib borishdi.Dars tahlillaridan soʻng dars mashg‘ulotlardagi noanʼanaviy metodlar va darsdagi yutuqlar haqida muhokama yig’ilishi bo’lib o’tdi. Post menyusi «Do’st tutin kitob bilan» 8-DEKABR «O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI KUNI»