“Ehson” deganda odatda birovga biror ne’matni berish va fazlu karam ko‘rsatish tushuniladi. Lekin “ehson” so‘zi lug‘atda “yaxshilik qilish, ezgulik ko‘rsatish” ma’nolarini ham anglatadi. Qur’onda karimda ehsonning fazilati haqida zikr etish barobarida ehson qiluvchilarga beriladigan savob-mukofotlar, ularga yetadigan manfaatlar ham bayon etiladi.

Haqiqatdan, biror kishiga bir narsani ehson qilsangiz yoki unga biror yaxshilik ko‘rsatsangiz, bundan dilingiz ravshan tortadi, ruhiy xotirjamlik yuzaga keladi, o‘zgalarga manfaat yetkazganingizdan xursand bo‘lasiz.

Ehson qilingan kishi ham o‘ziga ko‘rsatilgan yaxshilikdan sevinadi, dilida sizga muhabbat paydo bo‘ladi. Shu tariqa jamiyatda kishilar o‘rtasida totuvlik, hurmat-ehtirom paydo bo‘ladi hamda dushmanchiliklar barham topadi, osoyishtalik va farog‘at barqaror bo‘ladi.

Sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi ma’muriyati va direktorimiz tashabusi bilan talabalarimi va ustozlarimizga xurmat yuzasidan kam taminlangan , yoshlar va ayollar daftariga ro’xatga olingan talaba va ustozlarimizni xolidan xabar olish yo’ga qo’yilgan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan