Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash, ulug‘ qadriyat hisoblanib, bu borada mamlakatimizda har yili qabul qilinayotgan dasturlarda yoshi ulug‘, nuroniylarga bo‘lgan hurmat, e’tibor diqqat markazidadir.9 may yurtimizda keng miqyosda “Xotira va qadrlash kuni” katta tantanalar bilan nishonlanib 1941-1945 yillar urush va mehnat frontida tinchlik uchun kurashib halok bo‘lgan jasur va matonatli o‘g‘lonlar hotirasi yod etiladi hamda urush va mehnat frontida jasorat ko‘rsatgan nuroniylarimiz e’zozlanishi xalqimizga xos qadriyatlar ko‘zgusi sanaladi.Sirdaryo tuman kasb-hunar maktabining ishlab chiqarish ta’lim ustasi F.Otaxonova , YoChT raxbari Latipov X, hamda o’quvchilar 9-may «Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan «Mehr ulashamiz» nomli aksiya o’tkazdi. Aksiyada Sirdaryo tuman Taraqiyot MFY yashab, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida bo‘lgan jangda qaxramonlarcha xalok bo‘lgan. Marxum Elomon Otajonovlar xonadoniga tashrif buyurib oilasidan xabar olidilar. Marxum Elomon Otojonovni yaxshi xotiralar bilan eslandi. Post menyusi SHOHSUPA SARI YO’L 9-May – Xotira va qadrlash kuni