Janubiy Koreyaning “Hancom Academy” kompaniyasi 2024-2027-yillar davomida aqlli sinfxonalarning ichki dizaynini yaratish va zamonaviy AKT uskunalari bilan jihozlash uchun sarmoya kiritishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan Raqamli texnologiyalar vazirligining Sirdaryo viloyati sho’basi, IT Park Sirdaryo filiali hamda Sirdaryo tuman hokimligi tashabbusi bilan bir guruh Janubiy Koreyalik yoshlar ishtirokida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.O‘quv seminari davomida sirdaryolik yoshlar va Sirdaryo tuman kasb -hunar maktabi talabalari o‘z tengdoshlari bilan fikr almashishdi. Bu kabi o‘quv seminarlaridan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarimizni ushbu sohadagi bilim va malakalarini yana-da oshirishga qaratilgan. Tadbir so’ngida mehmonlar uchun coffee break tashkil qilindi hamda ikki davlat yoshlari bir-birlariga sovg’alar ulashishdi. Post menyusi Sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi 2024-2025 o’quv yilida qabul jarayoni Ўзбекистон Республикаси Миллий гвардияси ташкил топганлигининг 7 йиллиги тантана қилинди