Shu munosabat bilan 12 maydan 16 maygacha Koreyalik xalqaro WorldSkills mutaxassisi O‘zbekistonga tashrif buyurib, milliy chempionatning 11 ta kasb yo‘nalishi bo‘yicha qisqa muddatli malaka oshirish kurslari tashkil etilgan. Sirdaryo tuman politexnikumidan “Tikuvchilik (Fashion Technology)” kasbi bo‘yicha maxsus fan o‘qituvchisi Otaxonova Farzona qisqa muddatli o‘quv kursida o‘qimoqda. O‘quv kursida ushbu kasb bo‘yicha xalqaro standartlar asosida o‘z bilimini yanada oshirmoqda.


