Sirdaryo tuman politexnikumida xorijiy til — ingliz tili yo‘nalishida tashkil etilgan to‘garak samarali faoliyat yuritmoqda. Mazkur to‘garakda jami 21 nafar o‘quvchi muntazam ishtirok etmoqda. Mashg‘ulotlar o‘quvchilarning til o‘rganish ko‘nikmalarini mustahkamlash, amaliy mashqlar orqali bilimlarini boyitish hamda muloqot madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan.
To‘garakka ingliz tili fani o‘qituvchisi Abdug‘alyamov Shavkat rahbarlik qilmoqda. Darslar interaktiv metodlar asosida, ingliz tilidagi suhbatlar, o‘yinlar, audio va video materiallardan foydalanilgan holda tashkil etilmoqda.
To‘garak faoliyati orqali o‘quvchilarda xorijiy tilga bo‘lgan qiziqish ortib borayotgani, ularning so‘z boyligi kengayib, erkin fikr bildirish salohiyati rivojlanayotgani kuzatilmoqda.


